Nozima YO‘LDOSHEVA
Demak, nutq madaniyati masalalarini maktab ta'limida o'rgatish o'zbek tilining jamiyatda tutgan o'rni va nufuzini oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Farmonida "…ta'lim muassasalarida davlat tilini o'rgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish; davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish" alohida vazifa sifatida belgilangan.
Hozirgi vaqtda dars ta'lim berish jarayonining asosiy shakli hisoblanadi. Dars jarayonida o'qituvchining faoliyati asosiy ahamiyatga ega bo'lib, muallim o'quvchiga o'z fani bo'yicha belgilangan ma'lumotlarni yetkazish bilangina cheklanib qolmay, ularni idrok qilishga, tanqidiy fikrlashga, mustaqil ishlashga o'rgatmog'i lozim.
Bugungi kunda metodikaga oid adabiyotlarda darsga bo'lgan talablar sifatida quyidagilar ko'rsatiladi:
Albatta, aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog'liq. Metod – yunoncha atama bo'lib, aynan nimagadir yo'l, usul orqali maqsadga erishish yo'lini bildiradi.
Til ta'limiga oid darslar ham yuqoridagi talablarga muvofiq tarzda tashkillanmog'i kerak, albatta. Quyida nutqning kommunikativ sifatlarini qay usulda, qanday o'qitilsa, dars sifati va samaradorligi oshishi mumkinligi haqida fikr yuritamiz.
11-sinflarda nutq madaniyati va adabiy til me'yorlariga bag'ishlangan bir qator mavzular mavjud. Ular quyidagilar:
T/r | Mavzular | T/r. | Mavzular |
---|---|---|---|
1 | Nutq madaniyati | 12 | Nutqning boyligi |
2 | Madaniy nutq va uni shakllantiruvchi asosiy sifatlar | 13 | Nutqning boyligini ta'minlovchi vositalar |
3 | Nutqning to'g'riligi | 14 | Nutqning jo'yaliligi |
4 | Yozma nutqning to'g'riligi va me'yor | 15 | Jo'yaliligi va uslublar |
5 | Nutqning aniqligi | 16 | Nutqning ifodaliligi |
6 | Nutqning aniqligi va badiiy nutq | 17 | Ifodalilik va ibora |
7 | Nutqning mantiqiyligi | 18 | Ifodalilik va ko'chimlar |
8 | Mantiqiylik va grammatik vositalar | 19 | Ifodalilik va kinoya |
9 | Mantiqiylik va matn kompozitsiyasi | 20 | Ifodalilik va o'xshatishlar |
10 | Nutqning sofligi | 21 | Nutq madaniyati va nutq texnikasi |
11 | Nutqning sofligi va badiiy nutq | 22 | Nutq texnikasida urg'u va to'xtam (pauza) |
Mazkur mavzularning barchasi o'quvchilarni nutqning kommunikativ sifatlari va ularni egallash usullariga qaratilgan. Lekin shunga qaramay, maktab bitiruvchilarining bir qismida yozma va og'zaki nutq ko'nikmalarini to'liq egallamaganlik holati mavjud bo'lib, u quyidagi ko'rinishlarda namoyon bo'lmoqda va har bir kamchilik bir-biri bilan uzviy bog'liq holda umumiy nutq madaniyati ko'nikmasi va tajribasining yetishmasligini ko'rsatadi:
Tilshunoslikda nutq madaniyati sohasi keng qamrovli sohalaridan biri sanaladi. Bu soha insoniyat aqliy va nutqiy salohiyatining rivojlanish darajasini ko'rsatib turgan va doimiy taraqqiyot ni taqozo etuvchi sohalardan biridir. Chunki til kishilarga doimo o'zaro aloqa munosabati, madaniy-ma'naviy zaruriyat, ijtimoiy taraqqiyot, kurashish quroli bo'lib xizmat qilgan.
Til qanchalar rivojlangan bo'lsa ham, insonlar tomonidan ma'lum me'yorlar va talablarga asoslangan nutqiy madaniyat bir xil darajada rivojlangan bo'ladi deyish doimo ham to'g'ri bo'lavermaydi. Shu sababli ham nutq madaniyatini o'rgatish va o'rganish doimiy e'tibor va rivojlanish sari harakatlarni talab qiladi.
Nutq madaniyati tushunchasini tilshunos olimlarning fikrlaridan kelib chiqqan holda quyidagicha ta'riflashimiz mumkin:
Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborot va hissiy holatni tinglovchi (o'quvchi)ga yetkazish, shu yo'l bilan unga ta'sir qilishdan iborat. Ammo nutq bunday ta'sir quvvatiga ega bo'lishi uchun, albatta, madaniylik talablariga javob berishi zarur.
Buning uchun nutqda bir qator zaruriy sifatlar mavjud bo'lishi kerak. Nutqning madaniyligini ta'minlaydigan kommunikativ sifatlar bir qancha bo'lib, ularning asosiylari qatorida quyidagilarni ko'rsatish mumkin: to'g'rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jo'yalilik.
Mazkur xususiyatlar haqida umumiy tushunchani shakllantirish uchun 11-sinf darsligida bir nechta topshiriqlar berilgan. Masalan:
1-topshiriq. Atoqli tilshunos Alibek Rustamovning «So'z xususida so'z» kitobidan olingan parchani o'qing. Nutq rang-baranligining tinglovchiga ta'siri haqida fikrlashing.
Tilda bir narsaning o'zini turlicha atash imkoniyati ham ko'pdir. Bunda ma'nodosh so'zlardan, so'zlarning ko'p ma'noliligidan va yangi so'z yasash imkoniyatlaridan foydalaniladi. Turlicha ta'bir birikma, gap, fasl, bob va kitob doirasida ham amalga oshiriladi va bu bilan san'atning muhim asoslaridan biri bo'lmish turlilik, rang-baranglik vujudga keladi.
San'atga zavqi bor kishi tilning mazkur imkoniyatlaridan foydalanib, o'z nutqiga yoki adabiy asariga badiiylik, eshituvchi yoki o'quvchiga lazzat bag'ishlaydi.
Mazkur topshiriqni to'laqonli bajarish uchun o'quvchilar yangi so'z yasash, ma'nodosh so'zlarning nutqdagi ahamiyati, ko'p ma'noli so'zlar haqidagi bilim va ko'nikmalarini takrorlab, yana bir bor sinovdan o'tkazib olishlari kerak bo'ladi.
"Ma'nodoshini top" o'yini.
O'quvchilarning so'z boyligini oshirishga, hozirjavoblikka o'rgatadi. O'quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va ularga kartochkalarga yozilgan she'riy va nasriy matnlar beriladi.
O'quvchilar berilgan matnlardagi ma'nodoshga ega so'zlarni aniqlaydilar va bu ma'nodoshlarni topadilar alohida varaq qa ro'yxat tuzadilar.
Ma'nodosh so'zlarni tez va ko'p topgan guruh g'olib sanaladi.
Namuna uchun matnlar:
1-guruh uchun matnlar
1-matn
2-matn
2-guruh uchun matnlar
1-matn
2-matn
3-guruh uchun matnlar
1-matn
Do'st bilan obod uying, Gar bo'lsa u vayrona ham. Do'st qadam qo'yamas ekan Vayronadir koshona ham (E.Vohidov)
Odilxon podsho ham urush nog'orasini chaldirib, lashkarlarini choqlab otga mindirib, urushmoqqa choq bo'ldi, ko'ngillari to'q bo'ldi.
Ikki taraf podsholarining urush uchun qilgan shon-u shuhratlariga yer tebrandi.
Surnay-karnay, sibizg'a tortganiga barcha polvonlar simobday erib, yo'lbarsday g'arqirab, g'ayrati jo'sh urib, bir-birlariga qarshi turdi.
(“Go'ro'g'li” dostonidan)
Birdan Odilxon podshoning lashkariga Nazar degan kishi boshchiligida ko'p lashkar kelib qo'shildi.
Uni ko'rib Shohdorxon podshoning rangi o'chdi.
Nimagaki, podsho xalqi xoh kofir, xoh musulmonmi, nazarkarda bo'lar ekan.
Shohdorxon podsho Odilxonga g'aybdan qo'shin kelib qo'shilganini ko'zi bilan ko'rib qo'rqdi.
(“Go’ro’g’li” dostonidan)
Suluv qizlar burab qo'yar sochini,
Mard yigit g'animdan olar o'chini.
Bag'ring kuygandayin bo'zlab yig'laysan,
Menga aytgin yig'laganing vajini!
(“Go’ro’g’li” dostonidan)
Garchi shuncha mag'rur tursa ham
Piyolaga egilar choynak
Shunday ekan, manmanlik nechun
Kibr-u havo nimaga kerak?
(E.Vohidov)
“Ortiqchasini top!” didaktik o'yini orqali esa asosdosh va bir xil qo'shimchalar orqali hosil qilingan so'zlar haqida tasavvurni kengaytirish, avval olingan bilimlarni esga olish mumkin.
Quyidagi so'zlar orasidan asosdosh bo'lmagan so'zlar, tub so'zlar va qo'shma so'zlar aniqlanadi.
Tavsiya etiladigan asosdosh so'zlar ro'yxati:
1. Bilimdon, bilimli, bilag'on, biladigan, bilim, o'zbilarmon.
2. Guldon, gulchi, guldasta, gulbeor, gullamoq, gulli, gulsiz, gulzor.
3. Suvchi, suvdon, sersuv, suvli, suvamoq, suvsamoq.
4. Ishchi, ishchan, ishli, ishsiz, ishonch, ishdan, ishlamoq.
5. Gapir, gaplashmoq, sergap, gapdon, gapdan, gapchi.
6. Tiniq, tinch, tinchlik, tinimsiz, betinim, o'tin, o'qtin-o 'qtin, tinchimoq, tinilmoq.
Tilimizda shunday qo'shimchalar borki, ular juda serunum va bugungi kunda ham tilimizni ichki imkoniyat asosida boyitishda faol qo'llanmoqda.
Agar nutqda adabiy til me'yorlariga amal qilingan bo'lsa, bunday nutq to'g'ri nutq hisoblanadi.
Adabiy tilning yozma shaklida to'g'rilik sifatining ta'minlanishi uchun yana ikki turli me'yorga amal qilish lozim.
Bu me'yorlar quyidagilardan iborat:
1) imlo (orfografik) me'yorlari;
2) tinish belgilari (punktuatsion) me'yorlari.
Imlo me'yorlari mutaxassislar tomonidan til qonuniyatlari, shuningdek, tarixiy an'analarga suyangan holda aniq qoidalar shaklida tayyorlanadi va tegishli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Bu qoidalar ayni paytda imlo lug'atlarida o'z aksini topadi.
Imlo qoidalari savodxonlikni ta'minlashning asosi hisoblanadi.
Yozma nutq og'zaki nutqdan so'ng ta'sirida paydo bo'lgan bo'lib, adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo'ysunuvchi grafik shakldagi nutqdir.
Yozma nutqning mazmuniy bo'laklari, gaplar, ularning qismlari turli xil tinish belgilari orqali ajratib ko'rsatiladi.
Yozma nutq og'zaki nutq kabi kishilar o'rtasidagi bevosita aloqa vositasi emas, balki u boshqa joyda va zamonda (kelgusi davrda) yashovchi kishilar bilan aloqa bog'lash vositasidir.
Yozma manbalar orqali biz o'tmish tariximizni o'rganamiz va bundan kelajak avlod foydalanishini ta'minlaymiz.
Darslikda nutqning tog'riligi mavzusiga oid qator mashq va topshiriqlar keltirilgan.
Bu topshiriqlar samaradorligini yana ham mustahkamlash uchun o'quvchilarga uyga vazifa sifatida esse yozib kelish berilishi mumkin.
Yoki guruhlarga ajralgan holda bugungi kunda dolzarb va yoshlar, o'quvchilar uchun qiziqarli mavzularda esse yozdirish mumkin.
Ma'lumki, esse yozuv malakalarini rivojlantiruvchi interfaol usullar qatoriga kiradi.
Bu usul ham inson fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi.
Ular norasmiy fikr va qarashlarni qayd qilish, muhokamali fikrlarni ifodalash imkonini beradi.
Bunday usullardan foydalanish o'quvchilar mustaqil va tanqidiy fikrlashini ham oshirishga yaxshi imikoniyatlar beradi.
Esse – fransuzcha “essai” so'zidan olingan bo'lib, “sinov, analiz, tajriba, dastlabki loyiha” ma'nolarini bildiradi.
Esse shaxsning biror maqsadga mavzuga oid yozma ravishda ifodalangan dastlabki mustaqil erkin fikri sanaladi.
Bunda ta'lim oluvchi o'zining mavzu bo'yicha taassurotlarini, g'oya va qarashlarini erkin tarzda bayon qiladi.
Esse yozishda xayolga kelgan dastlabki fikrlarni zudlik bilan qog'ozga tushirish, iloji boricha ruchka (qalam)ni qog'ozdan uzmasdan, to'xtalmasdan yozish.
So'ngra matnni qayta tahlil qilib, takomillashtirish tavsiya etiladi.
Mana shundagina yozilgan essening haqqoniy bo'lishi e'tirof etilgan.
Essening muayyan mavzu, tayanch tushuncha yoki erkin mavzuga bag'ishlab yozish tavsiya etiladi.
Esse – ta'lim oluvchilarning darsda eshitgan ma'ruzasi yuzasidan idrok etgan, o'zlashtirgan tushunchalarini umumiy tarzda qisqa bayon qilib beruvchi xati hisoblanadi.
Nutqning kommunikativ sifatlarini o'rgatish jarayonida esse olinganda esseda sinonim so'zlar, metafora va o'xshatishlar, xalq maqollari, kirish so'zlar dan foydalanishga alohida ahamiyat berilsa, o'quvchining yozma nutqida jumlalarni mazmunan to'liq, ta'sirli tuzish ko'nikmasi rivojlanadi.
Esse uchun mavzular:
1. Internet: foydalari va zararlari.
2. Ekologik muammolar.
3. Xorijiy tillarni o'rganish qay darajada zarur?
4. Chiroyli nutq – yarim rizq.
5. Men o'zimni kitobxon sanaymanmi?
6. Sog'lom turmush tarzi.
7. Yaxshilik javobsiz qolmaydi.
8. Men yoqtirgan film.
9. Men yoqtirgan asar.
10. Ijobiy fazilatlar – inson bezagi.
Nutqning kommunikativ sifatlari haqidagi ma'lumotlarni umumlashtirish uchun “Qanday?” iyerarxik diagrammasidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Ushbu diagramma muammo to'g'risida umumiy tasavvurlarni olish imkonini beruvchi, mantiqiy savollar zanjiridir.
Diagrammaning maqsadi: O'quvchilarda muammonining yechimini topishda tizimli fikirlash, tahlil qilish, ko'nikmalarni rivojlantirish va faollashtirish vositasi hisoblanadi.
«Qanday?» iyerarxik diagrammasi usuli orqali mashg'ulotlarni tashkil etish tartibi quyidagicha:
O'qituvchi:
- alohida kichik guruhlarni tashkil etadi;
- diagramma tuzish qoidasi bilan tanishtiradi;
- fanga oid muammoli savol o'rtaga tashlaydi;
- yo'naltiruvchi savollar berish orqali o'quvchilarni muammo yechimini topishga yo'llaydi.
O'quvchilar:
- chizmani chizish qoidasi bilan tanishadilar;
- alohida kichik guruhlarda chizma tuzadilar;
- avval asosiy muammoni (g'oya, vazifa) yozadilar, so'ngra kichik muammolarni batafsil ko'rib chiqish uchun kichik shoxchalarni chiqaradilar.
- olingan natijalarga asoslangan holda taqdimot qiladilar.
Mashg'ulot yakunida o'qituvchi va o'quvchilar taqdimotlar asosida umumiy xulosa chiqaradilar.
Namuna:
Turli nutqiy vaziyatlarda insonda yuzaga keladigan turlicha ruhiy holat, jismoniy va emotsional o'zgarishlar ibora orqali ta'sirchan tasvirlanadi.
Bu xususiyatni “Qanday?” chizmasi orqali beramiz:
Nutqni ifodali va ta'sirchan tuzish
MADANIY NUTQ TUZISH
Metafora va badiiy tasvir vositalaridan foydalanish
Nutqni jo'yali tuzish
Nutqning sofligiga amal qilish
Tog'ri nutq tuzish
Adabiy til me'yorlariga amal qilish
Sinonimlardan foydalanish
Chet so'zlarni qo'llamaslik
Jumlalarni grammatik jihatdan to'g'ri tuzish
Nutqni vaziyatga va uslubga mos tuzish
Frazeologik iboralarning sinonimiya hodisasiga boyligi ulardan foydalanishda katta uslubiy imkoniyatlar yaratadi.
Bu imkoniyatlarni qisqacha quyidagicha izohlash mumkin:
Frazeologizm so'z bilan sinonimik munosabat hosil etadi.
Buni quyidagi moslashtirish jadvali orqali ko'rib chiqamiz:
Frazeologizm So'z
Bosh ko'tarmoq Qo'zg'olon qilmoq
Bosh qotirmoq O'ylamoq
Bosh qo'shmoq Qo'shilmoq
Boshi ikki qilmoq Uylantirmoq
Boshi yetmoq Tugatmoq
Boshi xam qilmoq Egmoq
Bosh bo'lmoq Rahbarlik qilmoq
Boshi ko'tarmoq Hurmatlamoq
Ijobiy ruhiy holat ifodasi: og'zing tanobi qochmoq, og'zing qulog'inda, do'ppising tanobi qochmoq, ko'zinga issiq ko'rmoq
Salbiy ruhiy holat ifodasi: Kapalagi uchib ketmoq, o'takasi yorilmoq, ko'zing qinidan chiqmoq, fig'oning falakka chiqmoq, joniga tegmoq, Go'riga g'isht qalamoq
Til inson ruhiyati ko'zgusidir.
Frazeologizmlar
Emotsional ruhiy holatlarni ta'sirli ifodalashda
yetakchi vosita
Qanday?
Boshi g'ovlamoq O'ylanmoq
Boshi yemoq Halok qilmoq
Boshi qotirmoq Asabiga tegmoq
Boshi g'ovlamoq To'la-to'kis
Boshi ko'tarmoq Unib chiqmoq
Frazeologizmlar bir sinonimik qatorni hosil qilishi mumkin.
Ammo har bir ibora obrazlilik darajasiga ko'ra farq qiladi.
Bu xususiyat VENN diagrammasi orqali talabalarga yetkaziladi.
Ikkinchi va uchinchi doiradagi iboralar birinchisiga nisbatan obrazliroqdir.
Frazeologizmlar turli nutq uslublariga xosligi bilan ham o'ziga xoslik kasb etadi.
Buni iboralarni toifalash jadvaliga joylashtirish orqali tushuntiramiz.
Iboralar: oila qurmoq, turmush qurmoq, bir yostiqqa bosh qo'y moq, bir yoqadan bosh chiqarmoq, bir jon bir tan bo'lmoq, qo'l qo'y moq, qo'l ko'tarmoq, o'rtaga tashlamoq, fikrni ilgari surmoq, putur yetkazmoq, zimmasiga tushmoq, izdan chiqarmoq, ikki gapning birida, savodini chiqarmoq, ovoz bermoq, ovozga qo'y moq kabi.
Umumnutqiy Bir jon, bir tan bo'lmoq, savodini chiqarmoq
Rasmiy uslubga xos
Oila qurmoq, turmush qurmoq, qo'l qo'y moq, qo'l ko'tarmoq, o'rtaga tashlamoq, ovoz bermoq, ovozga qo'y moq
Ilmiy uslubga xos
Fikrni ilgari surmoq
Badiiy uslubga xos
Bir yostiqqa bosh qo'y moq, bir yoqadan bosh chiqarmoq
So'zlashuv uslubiga xos
Ikki gapning birida
Publitsistik uslubga xos
Putur yetkazmoq, zimmasiga tushmoq, izdan chiqarmoq
Yuqoridagilardan tashqari, frazeologizmlarni o'rgatishda aqliy hujum, klaster kabi usullar ham samarali bo'ladi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, frazeologizmlar semantik va uslubiy jihatdan serqirra hodisalar bo'lib, ularning til va nutqdagi uslubiy va funksional jihatlarini talabalarga yetkazib berish, ularda tahlil ko'nikmalarini rivojlantirishda interfaol metodlarning ahamiyati katta.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmoni. www.lex.uz 2. Ona tili (11-sinf darsligi). – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2018. – 110 b. 3. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. – Toshkent, 2013. – 144 b. 4. Маҳмудов Н. Тилимизнинг тилла сандиғи. - Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2015. 5. Raupova L. Nutq madaniyati (Darslik). – Toshkent: Innovatsiya-ziyo, 2019. – 140 b. 6. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1978. – 291 b 7. To‘xliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. –2006. – 192 b. 8. Ziyodova T. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish. – Toshkent, 2000. 9. Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992. 10. Ҳожиев А. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. - Тошкент: Ўқитувчи, 1974.