“Metodist” ilmiy-innovatsion-metodik jurnalida ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalarga oid metodik maqolalar jamlangan. Unda fanlarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish metodikasi borasidagi yangiliklar yoritilgan. Jurnal o‘qituvchi-professorlar, ustoz-muallimlar, metodist-tarbiyachilar hamda bakalavriat talabalari, magstrantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun mo`ljallangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ommaviy axborot vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida №229146 raqamli guvohnoma berilgan.
jurnalga taqdim etilgan ilmiy maqolalarga qo'yiladigan asosiy talablar falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini xalqaro standartlar va “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi to'g'risidagi Nizom” talablari, shu jumladan elektron ilmiy-texnik jurnallarga qo'yiladigan talablar tizimi hisoblanadi.
Nomlanishi: “Metodist” ilmiy-innovatsion-metodik jurnali
Muassis: "METODIST ILMIY-INNOVATSION-METODIK JURNALI" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT
Nashr boshlanish yili: 2024- yil
Davomiyligi: 2 oyda 1 marta (1 yilda 6 ta son)
Ixtisosligi (sohalar): filologiya fanlari, tarix, pedagogika, psixologiya, aniq fanlar, tabiiy fanlar
Ommaviy axborot vositasining tili: O'zbek, Rus, Ingliz, Qoraqalpoq va Qozoq tilida
Jurnal direktori: Xolsaidov F.B.